Ikki qardosh davlat fuqarolari qoʻshni Respublikaga kirib chikishlari uchun 24-soatlik ish faolyatiga oʻtildi.

“Andarxon” avto-yul chergara bojxona posti 2020-yil mart oyidan koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish munosabati bilan yopilgan edi. Ikki yillik cheklovdan soʻng Fargʻona viloyat hokimligining tashabbusi natijasida qoʻshni Tojikiston bilan yana hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Bu esa joriy yilda Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasiga qarashli “Andarxon” bojxona posti yaqinida qurilishi rejalashtirilgan savdo logistika markazi qurilishini loyihalashtirilayotgan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilishida poydevor vazifasini oʻtaydi.

Hususan: ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bogʻliq masalalarning yechilishiga, fuqarolarning harakatini soddalashtirilishiga hamda tovarlarni tashish uchun qulay imkoniyatlarning garovi boʻladi.

Shuningdek, azaldan quda-anda boʻlgan bu ikki qoʻshni mamlakat aholisining bordi-keldi qilishi, qadriyat va qardoshlik anʼanalarini yana davom ettirib doʻstona kayfiyatda yashashlari taʼminlanadi.

Horijga chiqish fuqarolik pasporti bor fuqarolarimiz 24 soat mobaynida qoʻshni Tojikiston Respublikasiga oʻtishlari mumkin. Chegaradan oʻtuvchilar karantin talablariga qatʼiy rioya etishlari talab etiladi. Shu munosabat bilan tuman hokimi R.K.Joʻrayev Andarxon chegara oʻtkazish maskanida boʻldi har ikki tomonga oʻtuvchi fuqarolar bilan muloqot qildi.

Oʻzbekiston Respublikasidan qoʻshni Tojikiston Respublikasiga oʻtuvchi fuqarolarini oʻzlari bilan 5000 aqsh dollarigacha boʻlgan xorijiy valyutani olib oʻtishlari mumkin. Shuningdek 5000 aqsh dollariga ekvivalentda tovarlarni olib oʻtib savdo sotiq qilishlari ham mumkin.