Kuni kecha davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishini oʻtkazdilar, qoʻshma loyihalarga start berdilar. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolandi.

Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.