Oʻzbekiston -Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

    2024-yil 1-7-aprel kunlari Nukus shahrida Oʻzbekiston -Turkmaniston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston -Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi, jumladan, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalasi koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik muhitida oʻtdi.

    Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

    Navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.