“Oʻzbekiston – Xitoy” gaz quvurining xavfsiz va barqaror ekspluatatsiyasini taʼminladi

    Joriy yilning 11-may kuni “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va “TAPLine” kompaniyasi direktorlar Kengashi yangi raisi janob Men Syandun bilan “ASIA TRANS GAS” MCHJ qoʻshma korxonasi faoliyatini jadallashtirish masalalari va hamkorlikning yangi yoʻnalishlari boʻyicha videoaloqa orqali muzokara oʻtkazdi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi samarali oʻzaro hamkorlik amalga oshirilayotganini taʼkidlab, “Oʻzbekneftgaz” AJ ”Markaziy Osiyo-Xitoy” gaz quvurining Oʻzbekistondagi qismini ekspluatatsiya qilishda koʻp yillardan buyon “TAPLine” kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtdi.

    Shuningdek, muloqot chogʻida tomonlar “Asia Trans Gas” MCHJ QK tomonidan 2021-yilda, pandemiya va karantin cheklovlariga qaramay erishilgan yuqori natijalarni, shuningdek, ishlab chiqarish hajmi va foydaning oshganini taʼkidladilar. Loyihalarni amalga oshirish hamda barcha ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan yangi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish masalalari ham batafsil muhokama qilindi.

    Trans-Asia Gas Pipeline Company Limited” (“TAPLine”) KNPK (XXR) davlat kompaniyasining shoʻba korxonasi, shuningdek, “ASIA TRANS GAS” MCHJ qoʻshma korxonasining hammuassisi hisoblanadi. “Asia Trans Gas” MCHJ QK prognoz qilingan texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni bajarish va moliyaviy barqarorlikni saqlash, risklar ustidan samarali nazoratni taʼminlash va boshqaruv darajasini barqaror oshirishga erishdi.

    Bu “Asia Trans Gas” MCHJ QK xodimlari tomonidan texnologik asbob-uskunalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chiqarish faoliyatining barcha yoʻnalishlarida kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal etish, jamoaning har bir xodimiga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha oldindan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samarasi boʻldi.

    Navbatdagi uchrashuvda tomonlar qoʻshma korxonaning 2021-yildagi faoliyatiga oid masalalar, jumladan, moliyaviy koʻrsatkichlar, mustaqil auditorlik tashkilotini tanlash va boshqa dolzarb masalalarga toʻxtalishdi.

    2021-yilda toʻgʻri qarorlar qabul qilinishi va ishtirokchilarning doimiy qoʻllab-quvvatlashi natijasida “Asia Trans Gas” MCHJ QK COVID-19 epidemiyasi va ogʻir ishbilarmonlik muhiti kabi salbiy omillarni yengib, pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirdi va “Oʻzbekiston – Xitoy” gaz quvurining xavfsiz va barqaror ekspluatatsiyasini taʼminladi. Tomonlar oʻzaro manfaatli va samarali muloqotni yuqori darajada davom ettirishga kelishib oldilar.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati