Mazkur bellashuvni yamaykalik Osheyn Entoni Neyshn boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ajay Joan Duxan va Jasset Kerr-Uilson yordam beradi. Toʻrtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Muxammad Buh ishlaydi.
VARda esa nikaraugalik Tatyana Auksiliadora Gusman Algera hamda fransuz Villi Delayod ish yuritadi.
“A” guruhidan oʻrin olgan mazkur ushrashuv ertaga – 23-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.
Eslatib oʻtamiz, Argentinada start olgan U-20 jahon chempionatining ochilish uchrashuvida futbolchilarimiz mezbon terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Eʼtiborli jihati, katta umid bilan qaralayotgan yoshlarimiz ushbu bahsda juda nomdor, shu bilan birga, mezbon boʻlishiga qaramay Argentina darvozasini birinchi boʻlib ishgʻol qildi va hisobda oldinga chiqib oldi. Afsuski, mezbon jamoa darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima (penalti) VARdan keyin bekor qilindi. Argentinalik futbolchilar oʻyin davomida kambek koʻrsatib, yakunda 2:1 hisobiga erishdi va guruh peshqadamiga aylandi.