Keyingi yillarda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama va koʻp qirrali oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida salmoqli natijalarga erishilgani taʼkidlandi. 2019-yilda Oʻzbekiston Prezidentining kunchiqar yurtga tashrifi ikki tomonlama aloqalar rivojlanishini yangi darajaga koʻtardi.

Tomonlar savdo, investitsiyalar, iqtisodiyot, siyosat, taʼlim, madaniyat sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni, shuningdek, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Yaponiya parlamenti oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni ildam rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

Ikki tomonlama munosabatlar doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida qurilgani taʼkidlandi. Joriy yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil nishonlanadi.

Taʼkidlanganidek, ushbu shonli sana munosabati bilan parlament aʼzolari, ikki mamlakat vazirlik va idoralari, shuningdek, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yapon kompaniyalari va vakolatxonalari vakillari ishtirokida parlamentlararo konferensiya boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro manfaatli boshqa masalalarni ham muhokama qildi, deya xabar beradi Oliy Majlis Senati Axborot xizmati.