Oʻzbekiston – Yaponiya: mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

    Xalqaro hamkorlik 26 Oktabr 2020 592

    Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Oʻzbekiston – Yaponiya davlatlari oʻrtasidagi aloqalarni yana-da chuqurlashtirish, kelgusidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish yuzasidan Yaponiyaning Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik tashkiloti (JITCO) bilan muzokaralar oʻtkazildi.

    Muzokaralardan koʻzlangan asosiy maqsad – 2019-yil 15-yanvar hamda 17-dekabrda imzolangan texnik tinglovchilarni Yaponiyaga tayyorlash va shu Yaponiyaga malakali ishchilarni jalb qilish memorandumlari loyihalari asosida ishlarni jadallashtirishga qaratishdan iborat.

    Muzokaralar davomida JITCOga aʼzo boʻlgan Yaponiyaning 3 mingdan ortiq bandlik agentliklari bilan mamlakatimizdagi xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

    Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston mehnat salohiyatini Yaponiyada keng targʻib qilish borasida kelishuvga erishilib, ayni paytda ushbu masalalarni hayotga tatbiq qilish yuzasidan memorandum ishlab chiqish ishlari amalga oshirilyapti, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.