Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 5332 tonna koʻp toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlarning 32 foizi Xitoyga, 23 foizi Rossiyaga, 18 foizi Turkiyaga va 9 foizi Eronga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda toʻqimachilik mahsulotlarining eksporti qiymati Peruga 13,1 barobarga, Pokistonga 1,8 barobarga, Litvaga 1,8 barobarga, Polshaga 1,7 barobarga, Germaniyaga 1,7 barobarga, Portugaliyaga 1,4 barobarga va Bangladeshga 1,4 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Singapur, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Makedoniya, Janubiy Afrika, Paragvay va Slovakiyaga toʻqimachilik mahsulotlari eksporti yoʻlga qoʻyildi.