Qayd etilishicha, 2022-yilning 11 oyi davomida O'zbekiston eng ko'p bananni Ekvadordan sotib olgan. Keyingi o'rinlarda O'zbekiston uchun asosiy banan import qiluvchi davlatlar — Qozog'iston (426 tonna), Turkmaniston (324 tonna), Turkiya (197 tonna), Hindiston (144 tonna) Qirg'iziston (99 tonna) va Xitoy (19 tonna) bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Prezident farmoni bilan 2022-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar 22 xil toifadagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, banan uchun ham bojxona boji bekor qilingan edi.