Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 772 tonna koʻp boʻyoq ekport qilingan boʻlib 41 foizga oʻsishga erishildi.

Eksport qilingan boʻyoq natijasida yurtimizga valyuta tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 321 ming dollarga koʻpayib, 31 foiz oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, boʻyoqning 36 foizi Turkmanistonga, 30 foizi Qozogʻistonga va 21 foizi Qirgʻizistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda boʻyoqning eksporti Tojikistonga 2 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan AQSH, Rossiya va Afgʻonistonga boʻyoq eksporti yoʻlga qoʻyildi.