Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma'lumot o‘rnida, yurtimiz bog'larida etishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog'iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan etakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirg‘iz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.









