Oʻzbekiston 13 ta davlatga gilam eksport qilgan

    Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, gilam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSH dollariga kam.

    2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

    Qirgʻiz R. – 12,7 mln.

    Ozarbayjon – 3 mln.

    Afgʻoniston – 2,2 mln.

    Rossiya – 2,2 mln.

    Qozogʻiston – 843 ming

    AQSH – 358 ming

    Tojikiston – 305 ming AQSH dollari