O'zbekiston 14-o'ringa ko'tarildi

    Sport 10 Avgust 2024 478

    Parijda o'tayotgan 2024-yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarining bugun, 10 avgust sanasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 8 ta medal bilan dunyoda 14-o'rinda bormoqda.

    O'rta Osiyo mamlakatlariga solishtirilsa O'zbekiston peshqadamlik qilmoqda. Qozog'iston 7 ta medal bilan 36-o'rinda, Qirg'iziston 4 ta medal bilan 70-o'rinda, Tojikiston 3 ta medal bilan 77 o'rinda bormoqda.

    Ma'lumot uchun, kuchli uchlikni AQSH (111 ta medal), Xitoy (83 ta medal) va Avstraliya (48 ta medal) mamlakatlari egallab turibdi.

    O'zbekiston terma jamoa hisobida hozirgacha 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bor. Boks — 3 ta oltin, kurash — 1 ta bronza, dzyudo — 1 ta oltin, 2 ta kumush, taekvondo — 1 ta oltin.