• Tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega boʻlgan xorij fuqarolari PZR test natijasisiz Oʻzbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yo pasportga ega boʻlmagan taqdirda, respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PSR test natijasi, yoki chegara utish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi boʻyicha manfiy natijali maʼlumotnomaga (elektron QR-kodga) ega boʻlishi shart;

• Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan oʻtkazish punktlari orqali Qozogʻiston fuqarolari va Oʻzbekiston fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;

• Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan oʻtkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli maʼlumot almashinuvi boʻyicha xizmat koʻrsatish maqsadida TIVning Call markazini yoʻlga qoʻyishga oid topshiriq berildi.