Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga koʻp.
Qariyb 61 million AQSh dollariga teng boʻlgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.
Ushbu mamlakatlar orasida Qozogʻiston 16,7 ming tonna (23 million AQSh dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSh dollari), Qirgʻiz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSh dollari) va Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSh dollari) bilan yuqori ulushga ega boʻldi.
Eʼtiborlisi, soʻnggi yillarga qaraganda bu yil oʻzbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mongoliya, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.