"O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 21,2 million juft oyoq kiyimlar eksport qilgan", deya xabar bermoqda davlat statistika qo‘mitasi.
2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasi (9,2 mln. juft), Tojikiston (5,3 mln. juft), Qozog‘iston (5,3 mln. juft), Afg‘oniston (596 ming juft), Rossiya (418 ming juft) davlatlariga oyoq kiyim eksport qilgan.
2022-yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 14,1 mln.;
- Farg‘ona viloyati – 7,1 mln.;
- Samarqand viloyati – 6 mln.;
- Toshkent viloyati – 1,1 mln. AQSH dollari.