Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2,4 ming tonna qalampir eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 062 tonnaga yoki 80 foizga oshgan.
2025-yilning 2 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qalampir eksport qilgan davlatlar:
- Qozogʻiston – 1 488,4 tonna;
- Qirgʻiz Resp. – 390,1 tonna;
- Ispaniya – 242 ton;
- Rossiya – 98,8 tonna;
- AQSH – 96,4 tonna;
- Ozarbayjon – 38,1 tonna;
- Gruziya – 20,7 tonna.