Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 4,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 93 661 dona changyutgich import qilingan.

Changyutgich importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 17,6 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 23 ta davlatdan changyutgich import qilgan.

Oʻzbekiston 7 oy mobaynida eng koʻp changyutgichlarni import qilgan davlatlar:

Xitoy – 39,8 mingta

Vyetnam – 31,5 mingta

Turkiya – 10,5 mingta

Malayziya – 2,6 mingta

Polsha – 2,2 mingta

Fransiya – 2 mingta