Elektrotexnika mahsulotlarining 🇮🇷Tojikistonga eksporti 1,4 barobarga, 🇰🇿Qozogʻistonga eksporti salkam 1,8 barobarga, 🇷🇺Rossiyaga eksporti 2,0 barobarga va 🇬🇪Gruziyaga eksporti 1,9 barobarga oshgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan davlatlar qatoriga Yaman, Ruminiya, Albaniya va Moldova ham qoʻshildi.
Yil yakuni bilan eksport hajmini 500,0 mln dollarga yetkazish belgilangan. Bunday natijaga yangi korxonalarni eksportga jalb qilish, yangi turdagi mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish, qoʻshni davlatlardagi yirik savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, korxonalarning eksport faoliyatida moliyaviy instrumentlardan unumli foydalanishlariga sharoit yaratish orqali erishiladi.