O'zbekiston 4,7 million dollarlik kovul eksport qildi

    Agrosektor 25 Noyabr 2020 2397

    O'zbekistonda joriy yilning o'tgan 10 oyi davomida 4 mln. 734 ming AQSH dollari qiymatidagi 2 829 tonnadan ortiq kovul eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

    Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 27 tonna ko'p kovul ekport qilindi.

    Eksport qilingan kovul natijasida yurtimizga valyuta tushumlari esa o'tgan yilning mos davriga nisbatan 170 ming dollarga ko'payib, 4 foiz o'sishga erishildi.

    Davlat bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, kovulning 80 foizi Turkiyaga va 14 foizi Italiyaga eksport qilingan.

    Shuningdek, joriy yilda kovulning eksporti AQSHga salkam 2 barobarga ortgan.