Oʻzbekiston 486 ming dollarlik sut mahsulotlarini eksport qildi

    Biznes 23 Oktabr 2020 1271

    Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 486,1 ming dollar qiymatida 442 tonnadan ortiq sut mahsulotlari eksportini amalga oshirdi. Sut mahsulotlari eksportidan kelgan valyuta tushumlari 22 foizga oshgan.

    Sut mahsulotlarining 39 foizi Tojikistonga va 25 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.

    Shuningdek, joriy yilda sut mahsulotlarining Qirgʻizistonga eksporti 11 barobarga, AQSHga eksporti esa 1,5 barobarga ortgan.

    Oʻzbekistonda tayyorlangan sut mahsulotlari bu yil ilk bora Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilingan, deb xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.