Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 20,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 88 182 dona muzlatgich eksport qilgan.

Muzlatgich eksporti 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5 mingtaga kamaygan.

Oʻzbekiston 13 ta davlatga muzlatgich eksport qilgan.

Oʻzbekiston 5 oy mobaynida eng koʻp muzlatgich eksport qilgan davlatlar:

— Tojikiston – 27 494 dona

— Qozogʻiston – 23 833 dona

— Rossiya – 19 880 dona

— Qirgʻiz R. – 7958 dona

— Turkmaniston – 3971 dona

— Ozarbayjon – 1675 dona

Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.