Oʻzbekiston 5 oyda 2,8 mln dollarlik limon eksport qilgan

    Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar may oylarida xorijga qiymati 2,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 740 tonna limon eksport qilgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 77 tonnaga yoki 4,6 % ga oshgan.

    Oʻzbekiston 2025-yilning 5 oyida eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

    • Rossiya – 1 051 tonna;
    • Qozogʻiston – 603 tonna;
    • Qirgʻiz Respublikasi – 81 tonna;
    • Boshqa davlatlar – 5 tonna.