Oʻzbekiston 6 oyda qancha choy import qilingani maʼlum qilindi

    Oʻzbekiston birinchi yarim yillikda qiymati 24,1 mln AQSH dollarlik choy import qilgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar iyun oylarida xorijdan qiymati 24,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

    Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp choy import qilgan davlatlar:

    — Xitoy – 14,1 ming tonna

    — Keniya – 0,7 ming tonna

    — Eron – 0,6 ming tonna

    — Hindiston – 0,6 ming tonna

    — Boshqa davlatlar – 1,1 ming tonna