Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 102,9 tonnaga oshgan.
Oʻtgan 7 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 329,2 tonna;
Qozogʻiston – 225,9 tonna;
Belorus – 43,1 tonna;
Fransiya – 26,4 tonna;
Litva – 16,5 tonna;
Polsha – 2,0 tonna;
Ispaniya – 0,5 tonna;
Germaniya – 0,1 tonna;
Italiya – 0,1 tonna.