Oʻzbekiston 7 oyda 187 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

    Yanvar iyul oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi jami 36,8 mlrd AQSH dollariga yetdi.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekiston jahonning 187 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 36,8 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.

    TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,6 %), Rossiya (18,5 %), Qozogʻiston (6,2 %), Turkiya (4,6 %) va Koreya Respublikasida (3,2 %) qayd etilgan.

    Eksport – 14,8 mlrd

    Import – 22 mlrd