Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilgan.

Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp choy import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 16,5 ming tonna

— Keniya – 0,8 ming tonna

— Eron – 0,7 ming tonna

— Hindiston – 0,6 ming tonna

— Rossiya – 0,4 ming tonna