O'zbekiston 7 oyda salkam bir million tonna meva-sabzavot eksport qildi

    Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 127 ming tonnaga oshgan.

    2022-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekiston qiymati qariyb 550 million dollarga teng bo'lgan 968 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu haqida Davlat statistika qo'mitasi ma'lumot bermoqda.

    Qayd etilgan ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 127 ming tonnaga oshgan.

    2022-yilning 7 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

    🔸 meva va rezavorlar – 186 ming tonna

    🔸 quritilgan meva va rezavorlar – 22,3 ming tonna

    🔸 sabzavotlar – 607 ming tonna

    🔸karam – 130 ming tonna

    🔸pomidor – 57,6 ming tonna

    🔸 uzum – 23,2 ming tonna

    🔸 mayiz – 41,4 ming tonna

    🔸 eryong'oq – 12,3 ming tonna

    🔸 tarvuz-qovun – 98,1 ming tonnani tashkil etgan.