Oʻzbekiston 8 oyda 34 ta davlatdan shokolad import qilgan

    Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 34 ta xorijiy davlatdan qiymati 51,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 23,3 ming tonna shokolad import qilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 34 ta xorijiy davlatdan qiymati 51,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 23,3 ming tonna shokolad import qilgan.

    Shokolad importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 ming tonnaga oshgan.