Oʻzbekiston 8 oyda qancha elektromobil import qilgani maʼlum boʻldi

    Oʻzbekiston shu yilning yanvar-avgust oylarida eng koʻp Xitoy va Qozogʻistondan elektromobil import qilgan.

    Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilgan.

    8 oyda Oʻzbekiston eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:

    — Xitoy – 12 840 ta

    — Qozogʻiston – 22 ta

    — Gonkong – 15 ta

    — Germaniya – 12 ta

    — BAA – 10 ta

    — AQSH – 9 ta