Oʻzbekiston 8 oyda qancha karam eksport qilgani maʼlum boʻldi

    Karam eksporti qiymati 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,5 mln AQSH dollariga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

    Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.

    2024-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

    — Rossiya – 84,8 ming tonna

    — Qozogʻiston – 64,7 ming tonna

    — Qirgʻiz R. – 7,8 ming tonna

    — Belarus R. – 3 ming tonna

    — Latviya – 1,3 ming tonna

    — Tojikiston – 121 tonna