Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning 6 oyida xorijga qiymati 7,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,9 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Shaftoli eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,5 ming tonnaga kamaygan.

2021-yilning 6 oyi davomida Oʻzbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 4,1 ming tonna

Rossiya – 4,1 ming tonna

Qirgʻiz R. – 748,3 tonna

Belarus – 6,7 tonna

Ukraina – 5,9 tonna

BAA – 2,1 tonna