Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,4 ming tonnaga ko‘p.
Ma'lumot o‘rnida, yurtimiz dalalarida etishtirilgan pomidor mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 34,6 ming tonna ko‘rsatkich bilan etakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 24,1 ming tonna, Tojikistonga 5,9 ming tonna va Qirg'izistonga 13,2 ming tonna pomidor eksport qilingan.