Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 million AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.
Sarimsoqpiyoz eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 765,7 tonnaga oshgan.
2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston sarimsoqpiyoz eksport qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 1,3 ming tonna;
Qozogʻiston – 625 tonna;
Qirgʻiz R. – 326 tonna;
Ukraina – 190 tonna;
Turkmaniston – 70 tonna;
Mongoliya – 36 tonna;
Belarus – 16 tonna.