Olib borilayotgan siyosatning aniq natijalari keltiriladi: mamlakat pandemiya davrida oʻzini retsessiyadan saqlay olgan dunyodagi sanoqli davlatlardan biri boʻlib, 2021-yilda eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan.
Prezident Mirziyoyevning ijtimoiy siyosati, xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlarini joriy etilishi, fuqarolik jamiyatini jalb qilish masalalari alohida taʼkidlangan. Virtual qabulxona hamda qonun loyihalari va davlat byudjetining ochiq muhokamasiga moʻljallangan internet portallari faoliyati ijobiy baholangan.
Muallif, shuningdek, Oʻzbekiston rahbari tomonidan mavjud muammolarni tushunishi, ularni ochiq tan olishi hamda ishsizlik, kambagʻallik, korrupsiya, uy-joy yetishmasligi masalalarini hal etish istagini alohida taʼkidlaydi.
Maqolada qayd etilishicha, hukumat 2026-yilgacha kambagʻallikni sezilarli darajada kamaytirish va 2030-yilga borib daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlat maqomiga erishishni maqsad qilgan.
Yoshlarga oid siyosat islohotlarning tamal toshi sifatida eʼtirof etilmoqda. Muallifning fikricha, aynan yoshlar Oʻzbekiston taraqqiyoti va modernizatsiyasining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkin.
Oʻz islohotlarini amalga oshirish orqali Oʻzbekiston mintaqa yetakchisi maqomida mustahkamlanib borayotgani alohida taʼkidlanadi. Toshkent islohotlarining muvaffaqiyati murakkab geosiyosiy muammolarga duch kelayotgan butun Markaziy Osiyoda iqtisodiy farovonlik va barqarorlikka xizmat qiladi.