Oʻzbekiston aeroportlari asosiy yigʻim va tariflarni 27%ga pasaytirmoqda

    Transport 5 Aprel 2021 391

    2021-yil 15-aprel sanasidan “Uzbekistan Airports”AJ havo kemalariga xizmat koʻrsatish uchun yigʻim va tariflarni pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Asosiy yigʻim va tariflar oʻrtacha 27 %ga pasaytirilib, Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yoʻlovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qoʻllaniladi.

    Pasaytirilgan yigʻim va tariflar xalqaro aviatsiya maʼlumotnomalarida eʼlon qilindi, bu bilan IKAOga aʼzo boʻlgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida qoʻllaniladigan tariflar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi uchun imkoniyat yaratildi.

    “Qabul qilingan qaror Oʻzbekiston aeroportlarining raqobatbardoshligini taʼminlash, turizmni rivojlantirish va ishlar samaradorligini ragʻbatlantirish, aholi uchun havo transportidagi tashishlarni yana-da arzon qilish uchun zamin yaratadi”, - deydi “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi Rano Djurayeva.

    Transport vazirligi

    Axborot xizmati