Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig'iga binoan, O'zbekiston Respublikasining birodar afg'on xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara o'tkazish punkti orqali qo'shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga etkazib berildi.
Bu galgi ko'rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og'ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o'zlariga tarqatildi.
420 ta oilaga mo'ljallangan insonparvalik yordami tarkibida 50 kilogramdan un, 25 kilogramdan guruch, 10 kilogramdan shakar, 10 litrdan yog', 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha mahsulotlari mavjud.
Insonparvarlik yuklari 11-12 sentyabr` kunlari qo'shni mamlakatning boshqa hududlariga ham etkaziladi, deb xabae bermoqda Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.