Oʻzbekiston-Afgʻoniston: resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan yangi strategik qadam

    Xalqaro hamkorlik 1 May 2025 741

    Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Jamshid Abduzuxurov boshchiligidagi rasmiy delegatsiyaning Afgʻoniston Islom Amirligiga amalga oshirgan xizmat safari davomida ikki davlat oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi, suv resurslari boshqaruvi va savdo-iqtisodiy aloqalar boʻyicha muhim strategik kelishuvlarga erishildi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvda Balx viloyati hokimi Hoji Muhammad Yusuf Vafo bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama savdo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport-import tartiblarini soddalashtirish, oʻsimliklar karantini, suv resurslaridan barqaror foydalanish va ularni birgalikda boshqarish masalalari muhokama qilindi.

    Bu hujjat nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni, balki Markaziy Osiyodagi ekologik barqarorlik va transchegaraviy suv resurslari boʻyicha kelajakdagi oʻzaro masʼuliyatli yondashuvlarni belgilab beradi.

    Aytish mumkinki, mazkur tashrif Afgʻoniston Islom Amirligi bilan yaxshi qoʻshnichilik, iqtisodiy integratsiya yoʻnalishidagi yangi davrni boshlab berdi. Ayni vaqtda, bu Oʻzbekistonning mintaqaviy tinchlik, barqaror taraqqiyot va ekologik xavfsizlik yoʻlidagi qatʼiy siyosatini amalda namoyon etuvchi navbatdagi muhim qadamidir.

    Qolaversa, muhokama qilingan har bir yoʻnalish – qishloq xoʻjaligi, eksport-import, karantin choralaridan tortib ikki davlat manfaatlariga xizmat qilish bilan birga, butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy barqarorligi va ekologik xavfsizligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.