Xitoydan Afgʻonistonga tovarlar yetkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashabbusi bilan Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston temir yoʻllari maʼmuriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida toʻrt tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikning yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlarning logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Xitoyning Qashgʻar stansiyasidan Afgʻonistondagi Hayraton stansiyasigacha boʻlgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, afgʻonistonlik mehmonlar Ishchi guruhning barcha qarorlarini qoʻllab-quvvatladi. Afgʻonistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi A.X.Elmi va Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi boshligʻi v.b. A.B.Sharofat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha toʻrt tomonlama bayonnoma imzolandi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qildi.