"Oʻzbekiston Afgʻonistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng koʻlamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishi tomon ilk qadam boʻlib qoladi.

Afgʻonistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz", deyiladi bayonotda.