2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 747,4 million dollarga teng boʻlgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida eng koʻp meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 538 ming tonna;
Rossiya – 341 ming tonna;
Qirgʻiziston – 112 ming tonna;
Xitoy – 65 ming tonna;
Ukraina – 28 ming tonna;
Afgʻoniston – 26 ming tonna;
Turkmaniston – 24 ming tonna;
Pokiston – 23 ming tonna;
Belarus Respublikasi – 13 ming tonna;
Turkiya – 11 ming tonna;
Eron – 7,5 ming tonna;
Ozarbayjon – 7 ming tonna;
Germaniya – 3,6 ming tonna;
BAA – 3,6 ming tonna, deb maʼlumot beradi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.