Oʻzbekiston Afgʻonistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

    Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalqi nomidan birodar afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afgʻonistonning Balx viloyatiga joʻnab ketdi.

    Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bugʻdoy, 15 ming litr oʻsimlik yogʻi, 10 ming dona konservalangan goʻsht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lagʻmon paketlari oʻrin olgan.

    Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.

    Tashrifning keyingi tafsilotlari haqida axborot berib boramiz.