Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil 9-dekabr holatiga doimiy aholi soni 36 milliondan oshdi.
Shundan:
Erkaklar – 18,1 mln. kishi
Ayollar – 17,9 mln. kishi
2022-yilning noyabr oyida respublika boʻyicha 83 197 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasi aholi soni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida 41 oʻrinda qayd etilgan.