Oʻzbekiston aholisi 36,8 mln kishiga yetdi

    Dolzarb 9 Yanvar 2024 4996

    Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi. 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.

    Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

    Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga koʻpaygan.

    Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 64,6 ming kishiga oshgan.

    2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda.