Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar sentyabr oylarida tugʻilganlar soni 664,6 ming nafarni, vafot etganlar 132,2 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 532,4 ming kishiga teng boʻldi.
Mamlakatimizga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni 1 133 kishini va mamlakatdan xorijga koʻchib ketganlar soni 7 585 kishini, qayd etilgan nikohlar 177,0 mingtani, nikohdan ajralishlar 35,4 mingtani tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy aholi soni 2025-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, 38 069,1 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga koʻpaydi.
Doimiy yashash hududi boʻyicha shahar joylarda 19 396,3 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 51,0 foiz), qishloq joylarda esa 18 672,8 ming kishi (49,0 foiz) istiqomat qilmoqda.
Ayollar soni 18 896,6 ming kishini (49,6 foiz), erkaklar esa 19 172,5 ming kishini (50,4 foiz) tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 84,8 kishi toʻgʻri kelgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2024-yil 1-oktabr holatiga 1 kv.km ga 83,2 kishi).








