Oʻzbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi — Oʻzgidromet

    Yashil sayyora 29 Dekabr 2023 1337

    31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Ertaga 30-dekabr kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan sovuq ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin.

    Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.

    31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Bu yil ham, Oʻzbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladilar.

    Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 1-yanvarga kelib 10-13 daraja iliqga yetadi.

    Quruq ob-havo 2-yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 daraja iliqqacha pasayadi.

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

    Poytaxtimizda: 29-dekabr kuni yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.

    30-31-dekabr va 1-2-yanvar kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    Harorat 30-dekabrda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31-dekabr va 1-2-yanvarda kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi, 31-dekabr va 1-yanvarda kunduz kunlari 11-13 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi, 2-yanvarda 7-9 daraja iliq boʻladi.