Oʻzbekiston aholisida qancha yengil avtomobil bor?

    Davlat statistika qoʻmitasi shu xususdagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

    Unga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etgan.

    Aholiga tegishli yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.

    Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan:

    Yengil avtomobillar – 3 051 734 ta

    Yuk avtomobillari – 195 784 ta

    Avtobuslar – 6 854 ta

    Mikroavtobuslar – 8 946 ta

    Maxsus transportlar – 5 152 ta