Oʼzbekiston aholisining asosiy qismi qaerda yashaydi? 

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 2023-yilning 1-aprel holatiga koʼra, respublikamiz aholisi sonini eʼlon qildi.

    Ma'lumotga ko‘ra, mamlakatimizning doimiy aholisi soni 36 197 781 kishidan iborat. Bundan:

    - shahar aholisi – 18 459 763 kishi;

    - qishloq aholisi – 17 738 018 kishi.

    2023-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga koʼp.