Ma’lum bo‘lishicha, Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi «O‘zbekiston: saylov — 2021» mavzusidagi jamoatchilik fikri telefon so‘rovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazgan.

Unda prezidentlikka bo‘lajak saylovda aholining 88,2 foizi ishtirok etishga tayyor ekani ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, saylovda fuqarolarning elektoral xulq-atvor xususiyatlari aniqlangan. O‘zbekistonliklarning elektoral nuqtai nazarlari, ularning ovoz berishda ishtirok etishga tayyorligi va mamlakat siyosiy hayotiga jalb etilganligi darajasi o‘rganilgan.

So‘rovda mamlakatning turli mintaqalarida yashovchi fuqarolar: shaharlik va qishloqdagilar, erkak va ayollar, turli millat va ijtimoiy qatlam vakillari, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektori xodimlari, yoshlar, o‘rta hamda katta yoshdagi kishilar ishtirok etgan.