Uchrashuvning birinchi yarim soatida oʻzbekistonlik futbolchilar ustunroq toʻp surdi.
Ikkinchi boʻlimda ham oʻyin teng kurashlarda oʻtdi. 72-daqiqada Abduqodir Husanov raqib hujumchisini qonunga xilof tarzda toʻxtatib qolgani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi.
Bir futbolchi kam boʻlishga qaramay, Oʻzbekiston darvozasini mustahkam himoya qildi va asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi.
Penaltilar seriyasida Oʻzbekiston 4:3 hisobida gʻalaba qozondi va “Al Ain Cup” musobaqasi gʻolibiga aylandi.









